RCC Boxing promouterlik kompaniyasi 12 dekabr kuni Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tadigan boks kechasini rasman e’lon qildi.
Asosiy jangda yarim og‘ir vazn toifasida (79,4 kg gacha) birlashtirilgan jahon chempioni, rossiyalik Dmitriy Bivol (25 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 12 ta nokaut) britaniyalik Kallum Smitga (31 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat, 22 ta nokaut) qarshi majburiy himoya jangida ringga ko‘tariladi.
Dmitriy Bivol 35 yoshda. Rossiyalik bokschi professional faoliyatini 2014 yilda boshlagan. 2017 yilda yarim og‘ir vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan, 2025 yilda esa mutlaq jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan.
Kallum Smit esa 36 yoshda. Britaniyalik bokschi professional faoliyatini 2015 yilda boshlagan. 2018 yilda ikkinchi o‘rta vazn toifasida (76,2 kg gacha) jahon chempioni bo‘lgan. 2021 yildan buyon yarim og‘ir vazn toifasida jang qilib kelmoqda va ushbu vazn toifasida jahon chempionligi unvonlari uchun da’vogar bo‘lgan.