OFK Elit Osiyo Chempionlar ligasida 2-tur Toshkentdagi o‘yin bilan start oldi.
«Paxtakor» o‘z uyida «Al Qodisiya»ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. «Manchester Siti»dan kelib qo‘shilgan niderlandiyalik yarimhimoyachi Tijani Reyndersning goliga Doston Hamdamov penaltidan javob berdi.
Brendar Rodjers jamoasi ochkolarini 4 taga yetkazib, hozircha peshqadamga aylandi. «Paxtakor» esa qatorasiga ikkinchi durangdan so‘ng 2 ochko bilan 7-o‘rinada.
Elit OChL. 2-tur
Paxtakor — Al Qodisiya 1:1
12 oktabr, «Paxtakor» stadioni
Gollar: Doston Hamdamov (89) — Tijani Reynders (35).
Paxtakor — Nazarov, Alijonov, Abjumajidov, Tahsin, Puraliganji (Sobirxo‘jayev, 82), Nasrullayev, Bo‘riyev, Mozgovoy (Ibragimov, 90+3), Resan (Hamdamov, 77), Flamarion (Bozorov, 77), Chinedu (Husayn, 77).
Al Qodisiya — Kastels, Takri, Alvares, Diabate (Ash Shahroniy, 69), Nandes, Reynders, Vaygl, Al Juvayr (Al Qahtoniy, 69), Bonsu (Sani, 81), Kiniones, Retegi (Salim, 90).
Ogohlantirishlar: Mozgovoy (33), Diabate (62).
Elit OChL. «Paxtakor» «Al Qodisiya» bilan o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Futbol
12 oktabr, 11:48
49
«Sherlar» Saudiya Arabistonining ikkinchi jamoasi bilan ham durang o‘ynadi.
Foto: Al Qadsiah
12.10.2026
FT
Osiyo Chempionlar Ligasi
Paxtakor Toshkent
1
:
1
Al Qodasiya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi