Live
13
O'zbek

Kamoliddin Tojiyev: «Aymanning transferidan qoniqish hosil qilyapmiz»

Eksklyuziv
10 oktabr, 03:17
«Paxtakor» ustozi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Kamoliddin Tojiyev: «Aymanning transferidan qoniqish hosil qilyapmiz»
Фото: Пахтакор ПФК
09.10.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent 3 : 1 Bunyodkor Bunyodkor

Matbuot anjumanini «Paxtakor» bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev bilan davom ettiramiz.

- Assalomu alaykum. O‘yinni yaxshi boshladik va oxirigacha yaxshi o‘tkazdik. Uchta gol urdik. Bugungi g‘alaba biz uchun juda muhim edi. Yigitlar ham buni tushunib turishgandi. Shuning uchun hammasi maydonga tushib, oxirigacha kurashishdi va g‘alabaga erishishdi. Juda muhim g‘alaba bo‘ldi. Ularga rahmat aytaman.

- Birinchi bo‘limning o‘zidayoq uch-to‘rtta gol urish mumkin edi. Men uchta golli vaziyatni sanadim, yana bitta gol bekor qilindi. Ikkinchi bo‘limda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Xullas, hisob 7:1 bo‘lishi kerak edi. Balki vaziyatlarni yakunlash bo‘yicha ishlaydigan alohida mutaxassis kerakdir? Chunki imkoniyatlar ko‘p, ammo ularning 80 foizidan foydalanilmayapti. Menimcha, bu jiddiy muammo.

- Ha, bu bizda anchadan beri davom etib kelayotgan muammo. Uning ustida ishlayapmiz. Xudoga shukr, gollar ham uryapmiz. Bu borada ishlashda davom etamiz. Eng asosiysi — mehnat qilish va kamchiliklar ustida ishlash. Anchadan beri ko‘plab vaziyatlar yaratyapmiz, ularni yakunlash borasida ham ishlayapmiz. Faqat ishlashimiz kerak.

- O‘sha o‘yinlarning 80 foizida vaziyatlardan foydalanish muammosi kuzatilgan. Turnir jadvaliga qarasangiz, doim bir xil muammo: realizatsiya, realizatsiya va yana realizatsiya. Bu muammo hozirgacha hal bo‘lmayapti.

- Biz baribir ishlashda davom etamiz. Shu muammo ustida ishlayapmiz va ishlashda davom etamiz. Hozir biror mutaxassisni taklif qilgan taqdirimizda ham, u bizga yordam bera oladimi-yo‘qmi, degan masala bor.

- Ayman Husaynning transferini qanchalik muvaffaqiyatli deb hisoblaysiz? Uning o‘yinlaridan qoniqyapsizmi? Undan oldinroq jamoaga kelgan Stefan Chineduga esa nima uchun asosiy tarkibda kamroq o‘yin amaliyoti berilmoqda?

- Aymandan ko‘proq foyda kutayotgandik, shuning uchun uni jamoaga taklif qilganmiz. Lekin u ham jamoaga yordam beryapti. Ayrim jihatlarda yaxshi ishlayapti, baribir gollar ham uryapti. Uning transferidan ham qoniqish hosil qilyapmiz.

Chineduga kelsak, futbolchilarning mashg‘ulotlardagi holatiga qarab qaror qabul qilamiz: kim tayyor, kim hali tayyor emas. Oldinda hali ko‘plab o‘yinlar bor. Hammasiga o‘yin amaliyoti berishga harakat qilamiz.

- Navbatdagi raqibni o‘rganishni boshladinglarmi? «As Sadd» qanday jamoa? Undan keyin esa «Navbahor» bilan o‘yin kutib turibdi.

- Hozir oldimizda «As Sadd» bilan o‘yin turibdi. Biz uni ikki-uch kundan beri, bundan oldin ham kuzatib, tahlil qilib kelyapmiz. Bu uchrashuvda himoyaviy o‘ynashni ham bilishimiz kerak. Lekin bu o‘yin uslubimizni butunlay o‘zgartiramiz, degani emas. O‘z maydonimizda o‘ynaymiz va uslubimizni o‘zgartirmaymiz.

- Fors manbalarida Bashar Resanning «Persepolis» klubiga qaytishi mumkinligi haqida o‘qidim. Futbolchining o‘zi ham kamroq maosh evaziga bo‘lsa-da, ushbu klubga o‘tishga rozi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Bu ma’lumotlar qanchalik haqiqatga yaqin?

- Yo‘q, yo‘q, bu noto‘g‘ri ma’lumot. «Paxtakor»da bunday holat yo‘q», - deya Tojiyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Bunyodkor Bunyodkor
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar