«Bunyodkor» Superliganing 24-tur doirasidagi «Soʻgʻdiyona»ga qarshi bahsni Zominda oʻtkazadi. Bu haqda OʻzPFL matbuot xizmati xabar berdi.
«Bunyodkor» stadioni chimi bilan bogʻliq muammo hozirgacha yechilgani yoʻq. Ayni vaqtda klub uning parvarishini davom ettirmoqda.
Superliganing 24-turi doirasida «qaldirgʻochlar» «Soʻgʻdiyona» klubini qabul qilishi lozim edi. 16 oktabrga belgilangan uchrashuv uchun stadion topishda muammo yuzaga keldi.
Bir kun oʻtib «Lokomotiv» oʻz stadionida rasmiy uchrashuv oʻtkazishi sababli bu variant yoʻqqa chiqdi. «Jar» va «Olimpiya» stadionlarida taʼmirlash ishlari davom etmoqda.
«Paxtakor» esa Elit Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki sabab stadion masalasida «Bunyodkor» bilan kelisha olmadi. Olmaliq shahrida «Surxon» oʻzining uy uchrashuvlarini oʻtkazmoqda.
Shundan kelib chiqib, «Bunyodkor» raqibi maydoniga borishga qaror qildi. Bellashuv 16 oktabr kuni soat 19:00 da start oladi», — deyiladi xabarda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi