Superliga autsayderi – Muborakning «Mash’al» jamoasi Qo‘qonda mezbonlarga 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.
- Biz o‘yinda mag‘lub bo‘ldik. Jarima maydonimizda shunday xatolarga yo‘l qo‘yganimiz uchun mag‘lubiyatga loyiq bo‘ldik. Bunday xatolarga yo‘l qo‘yilsa, yana qanday natija kutish mumkin?
- Jamoada o‘yinni o‘z ortidan ergashtira oladigan yetakchi futbolchi yetishmayaptimi? Liderning yo‘qligi natijalarning pasayishiga ta’sir qilyaptimi? Jamoada tajribali futbolchilar bor. Masalan, Sardor Abduraimov. Ammo hozir ularning o‘yinida ham pasayish kuzatilmoqda. Ularning o‘yinini qanday baholaysiz?
- Menimcha, siz o‘z savolingizga o‘zingiz javob berdingiz. Savol berdingiz-u, javobini ham aytdingiz, shundaymi? Agar hozir jamoamizning yetakchilari bizga kerak bo‘lgan futbolni namoyish etayotganida, vaziyat boshqacha bo‘lardi. Shuning uchun ham tarkibga o‘zgartirishlar kirityapmiz. Bizda yosh futbolchilar yomon emas. Endi ularga tayanamiz, ularni rivojlantirishga va asosiy tarkibga olib chiqishga harakat qilamiz. Boshqa yo‘limiz yo‘q.
- Jamoa o‘yin davomida orqaga chekinib ham qolyapti. Futbolchi 90 daqiqa to‘liq o‘ynay olishi kerak. Jismoniy holat yetarli bo‘lmasa, qiyin. Muxtorov o‘tgan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi. Uning o‘yinini qanday baholaysiz? Uning mashg‘ulotlardagi holati yomon emasdi.
- Yo‘q, u kecha mashg‘ulot paytida jarohat oldi. Shu sababli unga umid bog‘lamayotgandim. Umuman, o‘yiniga kelsak, u og‘riq qoldiruvchi ukollar bilan maydonga tushishga tayyorligini aytdi: «Men o‘ynashga tayyorman», dedi. Biz unga 15 daqiqa o‘ynash imkonini berdik.
Aslida u asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak edi. Biz uni shu tarzda tayyorlab, asosiy tarkibda o‘ynatishni rejalashtirgandik. Ammo o‘yin oldidangi mashg‘ulotda jarohat olgani uchun majburan Jo‘raboevni maydonga tushirishga qaror qildik», - deya Lushanning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Sergey Lushan: «Bunday xatolarga yo‘l qo‘yilsa, yana qanday natija kutish mumkin?»
Eksklyuziv
9 oktabr, 17:18
Lushan matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.
Фото: Машъал ПФК
09.10.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Qo'qon-1912
3
:
0
Mashal