Superliga 23-turida «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Mash’al»ni qabul qildi. Unda mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvda dastlab Shohrux Gadoyev 16-daqiqada hisobni ochdi. 88-daqiqada Iqbol Malikjonov ikkinchi golni urdi. Silvanus Nimeli yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa, qo‘qonliklar ochkolari sonini 23 taga yetkazib, 13-o‘ringa ko‘tarildi. Muborak klubi esa 4 ochko bilan turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Superliga. 23-tur
Qo‘qon-1912 – Mash’al 3:0
Gollar: Shohrux Gadoyev 16, Iqbol Malikjonov 88, Silvanus Nimeli 90+2
Qo‘qon-1912: 13.Rahimjon Davronov, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov, 8.Shota Gvazava, 10.Shohruh Gadoyev, 15.Zafar Hakimov, 19.Shahzod Akramov, 21.G‘ulomhaydar Gulyamov, 71.Elbek Yo‘lchiev, 99.Muhammadanas Hasanov.
Mash’al: 25.Samandar Jo‘rabekov, 2.Zafar Akramov (22.Muhammadbobur Mo‘ydinov, 46), 5.Komiljon Tojiddinov, 8.Sardor Abdurayimov, 9.Ibrohim G‘anixonov, 11.Mahmud Jo‘raboev, 19.Tohir To‘xtasinov, 28.Ergash Ismoilov, 67.O‘gabek Abdirahimov, 70.Azizbek Choriev, 88.Ahrorbek Rahimov.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi