Bugun
36
O'zbek

Neymar “Flamengo”ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi

Futbol
9 oktabr, 02:55
    5
Koutinio o‘rniga tushgan 34 yoshli hujumchi bahs oxirida penaltilardan foydalandi.
Neymar “Flamengo”ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi
Foto: Getty Images
08.10.2026 FT Braziliya A seriyasi Santos FC Santos FC 2 : 2 Flamengo Flamengo

“Santos” hujumchisi Neymar Braziliya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan “Flamengo”ga (2:2) qarshi bahsda ikkita gol urdi.

Braziliyalik 34 yoshli futbolchi birinchi bo‘limdan so‘ng Filippe Koutinio o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi. Bu vaqtda uning jamoasi 0:2 hisobida ortda borayotgan edi.

82-daqiqada Neymar birinchi penaltini aniq amalga oshirdi, oradan olti daqiqa o‘tib esa ikkinchi penaltidan ham unumli foydalandi.

Umuman olganda, Neymar bu mavsumda chempionatda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Santos” 29 o‘yinda 42 ochko to‘plab, turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Santos FC Santos FC
  • Flamengo Flamengo
  • Braziliya A seriyasi Braziliya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar