Bugun
36
O'zbek

Nagelsmann sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Futbol
9 oktabr, 03:20
Mavsumni yaxshi boshlamagan «Leypsig» murabbiyni almashtirish haqida o‘ylamoqda.
Nagelsmann sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
Foto: Getty Images

Yulian Nagelsmann «Leypsig»ga qaytishi mumkin.

Sky Sport Deutschland nashrining xabar berishicha, bu mavsumda jamoani boshqarayotgan Martin Demichelis natijalar qoniqarli bo‘lmagani sababli jiddiy bosim ostida qolmoqda. Klub Germaniya Bundesligasida 9-o‘rinni egallab turibdi va Chempionlar ligasidagi ilk o‘yinida mag‘lubiyatga uchradi.

«Leypsig» kuzatuv kengashi rahbari Oliver Mintslaf hamon Nagelsmannni qo‘llab-quvvatlamoqda. «Bavariya» klubi va Germaniya milliy jamoasining sobiq ustozi «Red Bull» tizimida hamon yaxshi obro‘ga ega.

Shu bilan birga, hozircha Nagelsmannga hech qanday taklif berilmagan. Ayni paytda Demichelis klub rahbariyatining ishonchini saqlab turibdi. Rahbariyat qisqa vaqt ichida yana bir bor jamoani tubdan o‘zgartirishni istamayotgani aytilmoqda.

Nagelsmann 2019–2021-yillarda «Leypsig»ni boshqargan va klub tarixida ilk bor jamoani Chempionlar ligasining yarim finaliga olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Leypsig Leypsig
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar