Bugun
26
O'zbek

Olise – Bundesligada sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi

Futbol
1 oktabr, 22:52
Maykl o‘tgan oyda ligada 3 ta uchrashuvda 3 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.
Olise – Bundesligada sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi
Фото: Getty Images

«Bavariya» hujumkor yarim himoyachisi Maykl Olise Bundesligada sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga matbuot xizmati rasmiy sayt orqali xabar berdi.

Oyning eng yaxshi futbolchisi sovriniga, shuningdek, «Mayns» hujumchisi Filipp Tits, «Bayer» himoyachisi Migel Gutyerres, «Frayburg» forvardi Igor Matanovich, «Shtutgart» himoyachisi Maksimilian Mittelshtedt va «Frayburg» yarim himoyachisi Yannik Engelxardt ham da’vogarlik qilgan.

Ma’lumot uchun, fransiyalik futbolchi sentabr oyida Bundesligada uchta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fransiyalik futbolchi 2024-yil yozidan buyon Myunxen klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar