Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Millatlar ligasi guruh bosqichi 3-turida Serbiya (2:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘yinni juda yuqori sur’atda boshladik. Qarshi pressing darajasi nihoyatda yuqori edi, raqibga bo‘sh hudud qoldirmadik. Yana ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Ammo tanaffusda yigitlarga: «Endi asosiysi — shu darajani saqlab qolish», — dedim.
Agar kelajakda jiddiy maqsadlar uchun kurasha oladigan jamoaga aylanishni istasak, biz bu kayfiyatni saqlashimiz shart. Ular buning uddasidan chiqishdi. Intensivlikni ham, boshqa jihatlarni ham yuqori darajada ushlab qolishdi. Yakunda ajoyib o‘yin bo‘ldi», — deya Kloppning so‘zlaridan keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, bu g‘alaba 59 yoshli mutaxassis boshchiligidagi Germaniya milliy jamoasi uchun birinchi bo‘ldi.
Guruh bosqichining navbatdagi turida Germaniya 4 oktabr kuni Gretsiya bilan uchrashadi. Shu kuni Serbiya esa Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadi.