Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp milliy jamoa chiroyli futbol ko‘rsatishni boshlashini ma’lum qildi. Avvalroq nemislar Millatlar ligasi guruh bosqichining dastlabki turlarida Niderlandiya milliy jamoasi bilan durang o‘ynagan (1:1) va Gretsiyaga (0:1) imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Ma’lumot uchun, mundialdagi omadsizlikdan keyin Germaniya milliy jamoasi Nagelsmann bilan xayrlashgan edi. Keyinroq jamoa boshqaruviga Yurgen Klopp taklif qilingandi.
«Achinamanmi? Men dunyodagi eng yaxshi ishdan ikki yil oldin («Liverpul»dan) ketganman. — tahririyat izohi), chunki ishlashga ishtiyoqim qolmagan edi. Endi yana kuchga to‘lib qaytdim. Agar odamlar 90 daqiqada mo‘jizani kutishgan bo‘lsa, kutishda davom etishsin. Biz chiroyli bo‘lishdan oldin xunuk ko‘rinamiz. Har bir yaxshi hikoya aynan shunday boshlanadi», - deya Kloppning so‘zlaridan iqtibos keltiradi ESPN o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi