«Bayer», «Bavariya», «Chelsi» klublari va Germaniya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Mixael Ballak ikkinchi marta uylanmoqchi.
50 yoshli nemis futbolchisi 26 yoshli Sofiya Shnayderxan bilan unashtirilgan. Taxminan ikki oy oldingi ta’til vaqtida Mixael turmush qurishni taklif qilgan, deb xabar bermoqda Bild.
Ballak model va tadbirkor Sofiya bilan 4 yildan buyon munosabatda. To‘yga tayyorgarlik ishlari boshlangan, marosim 2027 yil bahori yoki yozida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Hozircha to‘rtta joy ko‘rib chiqilmoqda. Myunxen atrofi yoki Shtarnberg ko‘li bo‘yidagi lokatsiyalar muhokama qilinmoqda. Shuningdek, to‘yni Ballakning Portugaliyadagi qasrida o‘tkazish varianti ham bor.
Yana bir variant — to‘yni Fransiya janubida o‘tkazish. Sofiyaning oilasi Lazur sohilidagi Kap-Ferra qoyasida joylashgan villaga ega. Mixael va Sofiya u yerga tez-tez borib turishadi.
Bundan tashqari, Shnayderxan Lazur sohilida «Bavariya» darvozaboni Manuel Noyerning rafiqasi Anika Noyerning yaqin dugonasi sifatida uning qizlar bazmida ham ishtirok etgan.
50 yoshli Ballak 26 yoshli model qizga uylanadi
Futbol
28 sentabr, 13:23
Germaniya milliy jamoasi sobiq sardori ikkinchi bor oila quradi.
Foto: Getty Images