Live
6
O'zbek

O‘zbekiston U-16 jamoasi Qozog‘iston U-17ga qarshi ikkita bahsda ham jangovar durang qayd etdi

Futbol
28 sentabr, 11:00
Ikkinchi o‘yindan so‘ng penaltilar seriyasiga murojaat qilindi.
O‘zbekiston U-16 jamoasi Qozog‘iston U-17ga qarshi ikkita bahsda ham jangovar durang qayd etdi
Foto: UFA

Ayder Kurbaev boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 o‘smirlar jamoasi Chimkentda Qozog‘iston U-17 bilan ikkita o‘yin o‘tkazib, har ikkisida jangovar durangga erishdi.

Ikkinchi bellashuvdan so‘ng penaltilar seriyasi ham bo‘ldi va raqibdan yoshroq bo‘lgan mehmonlar ustun kelishdi.

O‘rtoqlik o‘yinlari. Chimkent
25 sentyabr
Qozog‘iston — O‘zbekiston 4:4

Gollar: Fayz Ochilov, Ahilboev (avtogol), Abdulloh Holmamatov, Behruz Samatov.
O‘zbekiston U-16 — 12. Aziz Berdiyev, 4. Azizillo Erkinjonov (S), 6. Abdulaziz Bobirov, 8. Usmon Shuhratillayev, 9. Yahyo Baxtiyorov, 10. Ro‘zimurod Ro‘zimurodov, 16. Husan O‘rolov, 17. Abubakr Mamatov, 18. Hasan O‘rolov, 19. Fayz Ochilov, 22. Abdulloh Holmamatov.
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar: Bahriddinov, Odilov, O‘ktamov, Akbaraliyev, To‘raqulov, Uskanboev, Andreev, Samatov, Bahodirov.

28 sentyabr
Qozog‘iston 3:3 O‘zbekiston
Penaltilar seriyasi — 4:5.

Gollar: Yahyo Baxtiyorov (dubl), Azizullo Erkinjonov
O‘zbekiston U-16 — 1. Jasur Bahriddinov, 3. Hojiakbar Zulfiqorov, 9. Ro‘zimurod Ro‘zimurodov, 10. Abdulloh Holmamatov, 15. Fayz Ochilov, 16. Husan O‘rolov, 18. Hasan O‘rolov, 19. Diyor Uskanboev, 20. Abubakr Mamatov, 22. Yahyo Baxtiyorov, 24. Azizillo Erkinjonov (S).
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar: Odilov, Akbaraliyev, Shukurov, Berdiyev, Bobirov, Shuhratillayev, O‘ktamov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston (U17) O‘zbekiston (U17)
Bugungi yangiliklar