Live
6
O'zbek

«Yuventus» Netoning qaytganini e’lon qildi

Futbol
28 sentabr, 11:25
Turin klubi ikkinchi darvozabonning jarohati sabab jamoasiz posbonni o‘z safiga qo‘shib oldi.
«Yuventus» Netoning qaytganini e’lon qildi
Foto: Juventus FC

«Yuventus» 37 yoshli darvozabon Netoning jamoaga qaytganini e’lon qildi.

Braziliyalik futbolchi va Turin klubi 2027-yil 30-iyungacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.

Neto 2025-yildan buyon «Botafogo» safida o‘ynab kelayotgandi, yozda esa erkin agentga aylandi. U «Yuventus»da 2015-yildan 2017-yilgacha to‘p tepgan. Shuningdek, uning faoliyatida «Barselona», «Fiorentina», «Valensiya» va boshqa klublar ham bor.

Netoning qaytishiga turinliklar zaxira darvozaboni Kamil Grabaraning tizza xochsimon paylaridan jarohat olgani sabab bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar