Opta superkompyuteri A Seriyaning ushbu mavsumida chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyati eng yuqori bo‘lgan jamoalarni ma’lum qildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, amaldagi chempion «Inter»ning yana Skudetto sohibi bo‘lish ehtimoli qariyb 45 foizni tashkil etmoqda. Ikkinchi o‘rinda «Roma» bo‘lib, uning chempionlik imkoniyati deyarli 22 foizga baholangan.
«Milan»ning mamlakat chempionligi uchun imkoniyati esa atigi 5,46 foizni tashkil qilmoqda. Shuningdek, Opta milanliklarning kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyatini ham yuqori baholamagan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Milan» beshinchi o‘rinda bo‘lib, hatto «Como» va «Yuventus»dan ham ortda qolmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, «Milan» so‘nggi bor 2022 yilda Italiya chempioni bo‘lgan. Avvalroq Opta statistik portali Angliya Premyer-ligasi chempionligiga da’vogarlarning imkoniyatlari foizini yangilagani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi