Bugun
27
O'zbek

Zidan: «Bizni juda raqobatbardosh jamoa kutib turibdi»

Futbol
24 sentabr, 15:52
Turkiya va Fransiya uchrashuvi 25 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da start oladi.
 Zidan: «Bizni juda raqobatbardosh jamoa kutib turibdi»
Фото: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Turkiyaga qarshi bahs oldidan raqib haqida fikr bildirdi.

«Ertaga bizni yaxshi jamoaga qarshi murakkab uchrashuv kutib turibdi. Maydon ham oson bo‘lmaydi. Biz to‘p bilan ham, to‘psiz ham yaxshi o‘ynashimiz kerak. Bu yaxshi o‘yin bo‘ladi.

Gap faqat yarim himoya haqida emas. Maydonning barcha qismlarida yaxshi harakat qilishimizga to‘g‘ri keladi. Bu juda yaxshi jamoa. Ular jahon chempionatidan juda erta chiqib ketishdi, ammo bunga loyiq emas edilar. Maydonda ko‘rsatgan o‘yinlarini hisobga olsak, ular bundan yaxshiroq natijaga munosib edilar.

Shuning uchun ertaga bizga jiddiy muammolar tug‘diradigan, juda raqobatbardosh jamoaga qarshi o‘ynashimiz meni hayron qoldirmaydi», — deya Zidanning so‘zlarini Footmercato keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya va Fransiya uchrashuvi 25 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
Bugungi yangiliklar