Samarqandda shaxmat bo‘yicha Butunjahon olimpiadasi davom etmoqda. Turnirning 8-turida o‘zbekistonlik shaxmatchilar Germaniyaga qarshi o‘yinda mezbonlar 1 g‘alaba, 1 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etdi (15,-2,5).
Dastlab Javohir Sindarov g‘alaba qozongandi, ammo keyin Nodirbek Yoqubboev va Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarida yutqazishdi va Nodirbek Abdusattorovning durang natijasi ahamiyatga ega bo‘lmadi.
Bu O‘zbekistonning turnirdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. Bungacha jamoa 7 turda 100 foizlik natija qayd etgan va turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turgandi.
Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston ilk bor yutqazdi
Boshqalar
24 sentabr, 11:32
6
Bungacha jamoa 7 turda 100 foizlik natija qayd etgan.
Фото: Chess Uzbekistan
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi