Bugun
27
O'zbek

Maldini, Malen, Lautaro, Rabio — A Seriyada sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar

Futbol
24 sentabr, 11:00
Oltita futbolchi oyning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun kurash olib boradi.
Maldini, Malen, Lautaro, Rabio — A Seriyada sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar
Foto: Getty Images

A Seriyada sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi. G‘olib EA SPORTS saytida o‘tkazilayotgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra aniqlanadi.

Nomzodlar qatoridan «Latsio» yarimhimoyachisi Davide Frattezi, «Frozinone» yarimhimoyachisi Georgiy Kvernadze, «Kalyari» hujumchisi Daniel Maldini, «Roma» hujumchisi Donyell Malen, «Inter» forvardi Lautaro Martines hamda «Milan» yarimhimoyachisi Adrien Rabio joy oldi.

Frattezi sentyabr oyida 5 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Kvernadze esa 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Maldini 5 ta bahsda raqiblar darvozasini 3 bor ishg‘ol qildi.

Malen sentyabr oyidagi 5 ta bahsda 6 ta gol urib, nomzodlar orasida eng yuqori natijani qayd etdi. Martines hisobida 4 ta gol bor. Rabyo esa 2 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning ushbu davrdagi paslar aniqligi 88 foizni tashkil etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Yuventus Yuventus
  • Roma Roma
  • Inter Inter
  • Lasio Lasio
  • Ko'proq ko'rsatish
Bugungi yangiliklar