Bugun
94
O'zbek

«Orol» bu mavsum o‘z maydonidagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozondi

Futbol
17 noyabr, 01:20
Nukusliklar o‘z uyida 13 ta o‘yin o‘tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun keldi.
«Orol» bu mavsum o‘z maydonidagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozondi
Foto: PFC Aral

Nukusning «Orol» jamoasi ushbu mavsum O‘zbekiston Proligasida o‘ziga xos natija qayd etdi. Klub o‘z maydonida o‘tkazilgan barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Jamoa mavsum davomida o‘z uyida 13 ta o‘yin o‘tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun keldi. Shu tariqa, «Orol» mezbon sifatida 100 foizlik g‘alaba ko‘rsatkichini qayd etdi.

Ushbu 13 ta bahsda nukusliklar raqiblar darvozasiga 29 ta gol yo‘llab, o‘z darvozalaridan atigi 3 ta to‘p o‘tkazib yubordi. Jamoaning umumiy to‘plar nisbati +26 ni tashkil etdi.

E’tiborlisi, «Orol» o‘z maydonidagi birorta uchrashuvda ochko yo‘qotmadi. Bu esa jamoaning uy bahslaridagi barqaror va ishonchli o‘yinidan dalolat beradi.

Shuningdek, «Orol» ushbu mavsum Proliga chempioniga aylandi. Nukusliklar o‘z muxlislari qarshisidagi muvaffaqiyatli ishtirokini chempionlik bilan yakunladi.

«Orol» bu mavsum o‘z maydonidagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozondi
Foto: O‘zPFL

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aral Aral
Bugungi yangiliklar