Live
19
O'zbek

Proliga. «Orol» muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirib, Superligaga yo'l oldi

Futbol
18 oktabr, 09:02
    22
Nukus jamoasi 25 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonning oliy divizioniga qaytadi.
Proliga. «Orol» muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirib, Superligaga yo'l oldi
Foto: Getty Images
18.10.2026 FT Pro Liga Aral Aral 2 : 0 Jayxun Jayxun

Proliganing 23-turida «Orol» «Jayxun»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng nukusliklar 58 ochko jamg‘arib, muddatidan avval Proliga chempionligini qo‘lga kiritdi va Superligaga yo‘llanmani ta’minladi.

17-daqiqada Asadbek Mustafaqulov avtogol muallifiga aylandi. 83-daqiqada Mark Krasnov yana bir gol urib, «Orol»ning g‘alabasini mustahkamladi.

Ma’lumot uchun, Nukusning «Orol» jamoasi O‘zbekiston oliy divizionida oxirgi marta 2001-yilgi mavsumda ishtirok etgan. Shundan so‘ng jamoa quyi ligalarda to‘p tepgan. Shu tariqa, 2026-yilda nukusliklar 25 yillik tanaffusdan keyin mamlakatning eng yuqori divizioniga qaytish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Proliga. 23-tur
Orol — Jayxun 2:0
Gollar:
Mustafaqulov 17 (avtogol), Krasnov 83.

Orol: Axrorov, Musayev, Arazov, Kutibayev, Alijanov, Qalmag‘ambetov, Kozlov, Jalolov, Kuanishbayev, Muxtorov, Nomozov.
Jayxun: Izbaskanov, Mustafaqulov, Maratov, Daryabayev, Kalbayev, Sdikov, Keo‘nimjayev, Ibraimov, Otajonov, Rustamjonov, Jo‘raqulov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aral Aral
  • Jayxun Jayxun
  • Pro Liga Pro Liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

22 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar