Proliga pley-offining ikkinchi bosqichi doirasidagi «Metallurg» — FarDU bahsi 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi.
Avvalroq mazkur bellashuv 25 noyabrga belgilangan edi. Biroq FarDU bosh murabbiyi Sergey Lebedovning bevaqt vafoti munosabati bilan Liga bahsni qoldirishga qaror qildi.
Ma’lumot uchun, Proliga pley-offining ikkinchi bosqichi 5 dekabr, shanba kuni o‘tkaziladi. Liga mazkur bosqichga chiqishi mumkin bo‘lgan ikki jamoaning dam olish va tiklanish muddatlarida katta tafovut yuzaga kelmasligini inobatga olib, yangi sanani belgiladi.
Qayd etilishicha, qaror har ikki klub hamda bahsni translyatsiya qilishi rejalashtirilgan «Futbol TV» telekanali bilan maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilingan.