Live
11
O'zbek

Sergey Lebedev vafoti sabab Proliga pley-off bahsi qoldirildi

Futbol
24 noyabr, 09:30
«Metallurg» va FarDU o‘rtasidagi bellashuv boshqa muddatga ko‘chirildi.
Sergey Lebedev vafoti sabab Proliga pley-off bahsi qoldirildi
Foto: PFL
25.11.2026, 05:00 Pro Liga Metallurg Metallurg - : - FarDu FarDu

25 noyabr kuni Proliga pley-off bosqichi doirasida «Metallurg» o‘z maydonida FarDUni qabul qilishi kerak edi. Biroq FarDU bosh murabbiyi, O‘zbekiston futboli faxriysi Sergey Lebedevning vafoti sababli bahs qoldirildi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi xabar berdi.

Liga ma’lumotiga ko‘ra, Sergey Lebedev jamoasi bilan bo‘lajak bahsga tayyorgarlik ko‘rish uchun Toshkentda mashg‘ulot yig‘inida bo‘lgan. Kutilmaganda o‘zini yomon his qilgan mutaxassis poytaxtdagi klinikalardan biriga olib borilgan, ammo uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

PFL FarDU futbolchilari va jamoa rasmiylarining ruhiy holatini inobatga olib, «Metallurg» — FarDU bahsini qoldirishga qaror qilgan. Liga mazkur qarorni to‘g‘ri tushungan «Metallurg» klubiga minnatdorchilik bildirgan. Bellashuvning yangi sanasi keyinroq ma’lum qilinadi.

Shuningdek, Sergey Lebedevga hurmat yuzasidan O‘zbekiston kubogi yarimfinalining bugun boshlanadigan bahslari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi. Mutaxassisni so‘nggi manzilga kuzatish marosimida FarDU klubi a’zolari ham ishtirok etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Metallurg Metallurg
  • FarDu FarDu
  • Pro Liga Pro Liga
Bugungi yangiliklar