Live
11
O'zbek

Luis Enrike: «Qanday qiyinchiliklarga duch kelishimizni ko‘rasiz»

Futbol
24 noyabr, 09:00
    4
«PSJ» bosh murabbiyi YCHL umumiy bosqichining 5-turida «Roma»ga qarshi kechadigan bahs haqida fikr bildirdi.
Luis Enrike: «Qanday qiyinchiliklarga duch kelishimizni ko‘rasiz»
Foto: Getty Images
25.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain - : - Roma Roma

Luis Enrike jamoasi 24 noyabr kuni Parijdagi «Park de Prens» stadionida «Roma»ni qabul qiladi. Ispaniyalik mutaxassis bo‘lajak bahs oson kechmasligini ta’kidladi.

«Chempionlar ligasi qaytmoqda — bu hayajonli, ayniqsa, o‘z maydonimizda o‘ynashimiz yanada yoqimli. Bo‘lajak bahs biz odatlangan o‘yinlardan butunlay farq qiladi va oson kechmaydi. Raqib o‘ziga xos tarzda himoyalanadi. Qanday qiyinchiliklarga duch kelishimizni ko‘rasiz.

Jamoa ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotgan bo‘lsa-da, «Real»ga yutqazdi. «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsda ham shunday holat kuzatilgan. Bu qo‘rqmasdan o‘ynaydigan jamoa. Uni mag‘lub etish juda qiyin bo‘ladi. Bu biz uchun ajoyib sinov. Agar g‘alaba qozonsak, Chempionlar ligasi guruh bosqichida ketma-ket beshta o‘yinda ilk bor g‘alaba qozongan bo‘lamiz», — deya Enrikening so‘zlarini RMC Sport keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, «PSJ» va «Roma» o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 25 noyabr kuni soat 01:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Roma Roma
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar