Live
7
O'zbek

«Barselona» himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun to‘rt nafar futbolchini ko‘zlamoqda

Futbol
24 noyabr, 08:00
Kataloniyaliklar Ruben Diash, Alessandro Bastoni, Natan va Niko Shlotterbek nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.
«Barselona» himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun to‘rt nafar futbolchini ko‘zlamoqda
Foto: Getty Images

«Barselona» rahbariyati himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun bir nechta ustuvor nomzodlarni aniqlab oldi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar «Manchester Siti» himoyachisi Ruben Diash, «Inter» vakili Alessandro Bastoni, «Betis» futbolchisi Natan hamda Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Niko Shlotterbek xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa himoyasining barqarorligini oshirishni istamoqda. Shu sababli klub yaqinlashib kelayotgan transfer oynalarida ushbu pozitsiyani kuchaytirish uchun katta mablag‘ ajratishi mumkin.

Ma’lumot uchun, «Barselona» Ispaniya chempionatining 13-turidan keyin 36 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar ushbu mavsumda La Liga chempionligi uchun kurash olib bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Betis Betis
  • Borussiya D Borussiya D
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar