«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio «Vilyarreal» yarimhimoyachisi Santyago Komesanyaning hakamlarga bosim o‘tkazilishi haqidagi fikrlariga keskin javob qaytardi.
La Liga 13-turi doirasida «Barselona» va «Vilyarreal» o‘rtasidagi bahsdan (3:2) keyin Komesanya «qirollik klubi» hamda kataloniyaliklar hakamlarga kuchli bosim o‘tkazishini aytgandi. Shuningdek, u «Santyago Bernabeu» stadionida ham hakamlik borasida shunga o‘xshash vaziyat kuzatilganini ta’kidlagan.
«Unda xuddi xotira yo‘qolgandek. O‘sha bahsda hisob 2:0 bizning foydamizga edi, o‘yin deyarli hal bo‘lgandi. Ammo golimiz bekor qilindi, Vinisius esa qizil kartochka oldi. «Real» qariyb yarim soat — asosiy vaqtning 20 daqiqasi va qo‘shimcha 8 daqiqa davomida — 10 kishi bo‘lib o‘ynadi.
Uning rostdan ham xotirasi pand beryaptimi yoki shunchaki eng oson yo‘lni tanlab, ikkala klubni bir qozonga solyaptimi?
Istaganini gapirsin, faqat Negreyra ishini bu voqeaga aralashtirmasin. Agar u bema’ni gaplarni aytishni istasa yoki xotirasi pand bersa, buning unchalik katta ahamiyati yo‘q», — deya Mourinioning so‘zlarini keltiradi Sport.es.