Live
2
O'zbek

Mourinio «Real» tarbiyalanuvchisi Niko Pas haqida gapirdi

Futbol
24 noyabr, 05:10
«Komо» yarimhimoyachisi ushbu mavsum 15 ta bahsda 14 ta samarali harakat qayd etgan.
Mourinio «Real» tarbiyalanuvchisi Niko Pas haqida gapirdi
Foto: Getty Images

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio Madrid klubi tarbiyalanuvchisi, ayni paytda «Komo» safida to‘p tepayotgan hujumkor yarimhimoyachi Niko Pas haqidagi savolga javob berdi.

Jurnalist mutaxassisdan argentinalik futbolchi haqida so‘raganida, Mourinio qisqa javob qaytardi:

«U mening futbolchim emas», — deya Mourinioning so‘zlarini keltiradi Sport.es.

«Real»da futbolchini qayta sotib olish huquqi saqlanib qolgan. Xorijiy OAV xabarlariga ko‘ra, Madrid klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida Pasni jamoaga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqchi.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli yarimhimoyachi ushbu mavsum barcha musobaqalarda «Komo» safida 15 ta bahsda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Real» bugun, 24-noyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turi doirasida PSVni qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 25-noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar