Live
3
O'zbek

Kurtua: «Vinisiusning eng yaxshi holatdagi o‘yini barchamizga kerak»

Futbol
24 noyabr, 03:05
    3
«Real» darvozaboni braziliyalik hujumchining yana yuqori saviyada to‘p tepishiga ishonmoqda.
Kurtua: «Vinisiusning eng yaxshi holatdagi o‘yini barchamizga kerak»
Foto: Getty Images
24.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Real Madrid Real Madrid - : - PSV PSV

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua jamoa hujumchisi Vinisius Juniorning ayni paytdagi sport formasi haqida fikr bildirdi. Braziliyalik futbolchi avgust oyidan buyon samarali harakatlari bilan ajralib turmayapti. U ushbu mavsumda 13 ta bahsda atigi 1 ta gol urgan.

«Biz doimo bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Vinisius bir vaqtning o‘zida ham xursand, ham o‘ziga nisbatan tanqidiy munosabatda. Faoliyat — uzoq yo‘l va har mavsumni 9–10 ballik darajada o‘tkazishning imkoni yo‘q. Bilishimcha, bunga faqat Messi va Krishtianu erisha olgan.

Yaqinda uning qanchalik yorqin o‘yin ko‘rsatganini ko‘rdim. Unga, ayniqsa, havodagi kurashlarda qatnashish yoqadi. Maydonda unga erkinlik kerak. Vinisiusning eng yaxshi holatdagi o‘yini barchamizga kerak», — deya Kurtuaning so‘zlarini keltiradi Marca.

Ma’lumot uchun, «Real» 24-noyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turi doirasida Niderlandiyaning PSV klubini qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • PSV PSV
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar