Live
3
O'zbek

De Bruyne «Napoli»ni tark etishga tayyor

Futbol
23 noyabr, 23:45
    4
Kevin faoliyatini Niderlandiya chempionatida davom ettirishi kutilmoqda.
De Bruyne «Napoli»ni tark etishga tayyor
Foto: Yahoo Sports

Italiyaning «Napoli» klubi yarim himoyachisi Kevin de Bruyne faoliyatini Niderlandiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Gianluca Di Marzio xabar berdi.

Belgiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga PSV jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi ham jamoasini o‘zgartirishga tayyor.

«So‘nggi kunlarda PSVning taklifi haqida xabarlar paydo bo‘ldi va biz bu ma’lumotni tasdiqlashimiz mumkin.

Niderlandiya klubi 2 million yevro taklif qildi. Ular futbolchi bilan dastlabki kelishuvga erishgan va De Bruyne o‘z vataniga yaqinroq joyga ko‘chib o‘tishga tayyor.

Agar transfer yanvar oyida amalga oshmasa, u holda iyun oyida ro‘y beradi», — dedi Di Marzio. Shunday qilib, belgiyalik yarim himoyachi qishki transfer oynasidayoq Italiyani tark etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kevin 2025 yilning yozida «Napoli» safiga kelib qo‘shilgan edi. Avvalroq futbolchi «Galatasaroy» qiziqishlari doirasiga tushgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • PSV PSV
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar