Live
2
O'zbek

«Liverpul» himoyachi transferi uchun 30 mln yevro taklif qilmoqchi

Futbol
24 noyabr, 05:30
Daniel Svenssonning amaldagi klubi Dortmundning «Borussiya»si futbolchi uchun 50 mln yevro talab qilmoqda.
«Liverpul» himoyachi transferi uchun 30 mln yevro taklif qilmoqchi
Foto: Getty Images

Dortmundning «Borussiya»si himoyachisi Daniel Svensson faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «Liverpul» shvetsiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shishga qiziqmoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar 24 yoshli himoyachining transferi uchun 30 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Biroq Dortmund klubi Svenssonning ehtimoliy transferidan 50 million yevro ishlab olishni ko‘zlamoqda.

Ma’lumot uchun, Svensson ushbu mavsum Bundesligada 10 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Borussiya D Borussiya D
Bugungi yangiliklar