Live
2
O'zbek

Barkolya: «MYU»ga qarshi bahsda het-trik qayd etishim mumkin edi»

Futbol
24 noyabr, 04:20
«Liverpul» hujumchisi 4:0 hisobidagi g‘alabaga qaramay, o‘z o‘yinidan qoniqmaganini bildirdi.
Barkolya: «MYU»ga qarshi bahsda het-trik qayd etishim mumkin edi»
Foto: Getty Images
22.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul 4 : 0 Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Liverpul» hujumchisi Bredli Barkolya Angliya Premyer-ligasining 11-turi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan bahsdagi (4:0) o‘z harakatlaridan ko‘ngli to‘lmaganini tan oldi.

«O‘z o‘yinimdan qoniqmadim. Bundan ancha yaxshiroq harakat qila olishimni va imkoniyatlarim qanday ekanini bilaman. Yakunda bitta golli uzatmani amalga oshirdim, ammo 3 yoki 4 ta gol urishim ham mumkin edi», — deya Barkolyaning so‘zlarini keltiradi ESPN UK.

Fransiyalik futbolchi bahsning 72-daqiqasida maydonni tark etdi. Ikkinchi bo‘limda u 18 yoshli Rio Ngumoaga gol urishda yordam berdi: Barkolya raqibini aldab o‘tib, jamoadoshiga zarba berish uchun qulay pas uzatdi.

Ma’lumot uchun, Ngumoa ushbu gol orqali «Liverpul» tarixida «Manchester Yunayted»ga qarshi bahslarda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar