Angliya Premyer-ligasining 11-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda «Brentford» o‘z maydonida «Everton»ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘limning bosh qahramoni Keane Lewis-Potter bo‘ldi. U 23-daqiqada hisobni ochdi, oradan ikki daqiqa o‘tib esa dubl qayd etdi.
Tanaffus arafasida «Everton»ning ahvoli yanada og‘irlashdi. 40-daqiqada James Tarkowski qizil kartochka olib, jamoasini bir kishi kam bo‘lib o‘ynashga majbur qildi.
Ikkinchi bo‘limda ham «Brentford» yana ikkita gol urdi. 67-daqiqada Vitaly Janelt mezbonlarning uchinchi golini kiritib, g‘alaba masalasiga deyarli nuqta qo‘ydi.
Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida esa Fabio Carvalho ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Bu natijadan so‘ng «Brentford» ochkolari sonini 17 taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarildi. «Everton» esa 16 ochko bilan 9-pog‘onada.
APL. 11-tur
Brentford – Everton 4:0
Gollar: Lewis-Potter 23, 25, Janelt 67, Carvalho 90