Live
12
O'zbek

Maktominey uchun 5 ta klub kurashga kirishdi

Futbol
22 noyabr, 05:20
«Yuventus» va «Everton» ham shotlandiyalik yarimhimoyachiga qiziqish bildirmoqda.
Maktominey uchun 5 ta klub kurashga kirishdi
Foto: Getty Images

«Napoli» yarimhimoyachisi Skott Maktominey yaqin transfer oynalarida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, shotlandiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Turin klubi «Yuventus» va «Everton» qiziqish bildirmoqda. Avvalroq «Real», «Manchester Yunayted» va «Milan» ham yarimhimoyachini transfer qilish istagida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qayd etilishicha, ushbu klublar Maktomineyning Neapoldagi vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Futbolchi va «Napoli» rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralar maosh borasidagi kelishmovchiliklar sabab boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli yarimhimoyachining «Napoli» bilan shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • Milan Milan
  • Yuventus Yuventus
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Everton Everton
Bugungi yangiliklar