Live
12
O'zbek

Brunu Fernandesh: «Men «Tottenhem» rahbariyati bilan uchrashganman»

Futbol
22 noyabr, 06:40
Portugaliyalik yarimhimoyachi 2019-yilda London klubiga o‘tishi mumkin bo‘lganini ma’lum qildi.
Brunu Fernandesh: «Men «Tottenhem» rahbariyati bilan uchrashganman»
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh 2019-yilda «Tottenhem» safiga o‘tish imkoniyati bo‘lganini aytib berdi. Futbolchi o‘sha paytda London klubi rahbariyati bilan uchrashganini ma’lum qildi.

«Men «Tottenhem» rahbariyati bilan uchrashganman. Ular menga mashg‘ulot bazasidagi barcha yaxshi jihatlarni, shuningdek, jamoa qanday futbol o‘ynashni istayotganini ko‘rsatishdi. Murabbiy ushbu tizimda qaysi pozitsiyalarda o‘ynashim mumkinligini ham tushuntirdi.

Bu g‘oyalar menga yoqdimi? Ha, ular yaxshi edi. Albatta, o‘sha paytda men hali juda yosh futbolchi edim — 24 yoshda edim», — deya Fernandeshning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchi 2020-yilning yanvar oyi oxirida «Manchester Yunayted» safiga qo‘shilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq portugaliyalik futbolchi agar «Manchester Yunayted» rahbariyati istasa klubdan ketishi mumkinligini ta'kidlagan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar