«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Mourisio Pochettino asosan ispan tilida so‘zlashuvchi murabbiylar shtabidan klubda ingliz tilida muloqot qilishni talab qilmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
22-noyabr kuni argentinalik mutaxassis yangi jamoasi boshqaruvidagi ilk bahsini o‘tkazadi. «MYU» Angliya Premyer-ligasining 11-turi doirasida safarda «Liverpul» bilan kuch sinashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
The Sun nashri murabbiyga yaqin anonim manbaning so‘zlarini ham keltirgan. Uning ta’kidlashicha, Pochettino o‘zining obro‘si, xarizmasi va APLdagi tajribasi bilan futbolchilarda katta taassurot qoldirgan.
«Pochettinoda, shubhasiz, o‘ziga xos aura, obro‘ va xarizma bor. Futbolchilar uning APLda katta tajribaga ega ekanini va yuqori saviyadagi murabbiy ekanini bilishadi.
U mashg‘ulot jarayoniga juda faol aralashadi, futbolchilarni o‘z ko‘zi bilan kuzatish uchun maydonga ham tushadi. Nimani xohlayotganini tushuntirish kerak bo‘lsa, mashg‘ulotni to‘xtatadi», — deya manbaning so‘zlarini keltiradi The Sun.
Ma’lumot uchun, Pochettino avval Angliyada «Sauthempton», «Tottenhem» va «Chelsi» klublarini boshqargan.