«Real» rahbariyati yarimhimoyachi Federiko Valverde bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichiga yetib keldi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar yaqin vaqt ichida hamkorlikni 2031-yilga qadar uzaytiradi. Yangi bitim shartlariga ko‘ra, urugvaylik futbolchining maoshi ham oshiriladi.
Valverde va «Real» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli yarimhimoyachi ushbu mavsum La Ligada 12 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.