«Selta» bosh murabbiyi Klaudio Xiraldes La Liga 13-turidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng hakamlik borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
Ushbu bahsda «Selta» 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuv davomida hakamning ayrim qarorlari bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Shuningdek, o‘yin paytida hakamlikka nisbatan e’tirozlar ham bildirildi.
Xiraldes uchrashuvdagi bahsli vaziyatlarga alohida to‘xtalishni istamadi. Mutaxassis hakamlar faoliyatini hurmat qilishini ta’kidlab, ular ham ba’zan xatoga yo‘l qo‘yishi mumkinligini bildirdi.
«Futbol uchrashuvlarini boshqarish oson emas. Men hakamlarni juda hurmat qilaman. Ular to‘g‘ri qaror qabul qiladigan vaziyatlar ham bor, xato qiladigan holatlar ham uchraydi.
Bu haqida boshqa hech narsa demoqchi emasman», — deya Xiraldesning so‘zlarini keltiradi Goal nashri.
Shu tariqa, «Selta» ustozi «Real»ga qarshi bahsdagi hakamlik qarorlarini batafsil muhokama qilishdan bosh tortdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 33 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.
«Selta» esa 13 turdan keyin 13 ochko jamg‘argan holda musobaqa turnir jadvalida 13-pog‘onadan joy olgan.