Ispaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar o‘tkazildi.
«Betis»ga (27, 4-o‘rin) qarshi Sevilya derbisida mezbonlar (19, 6-o‘rin) Antoniyning goliga 90+1-daqiqada javob berib, mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.
Shuningdek, tur doirasida «Valensiya» (12, 17-o‘rin) Madridda «Rayo Valekano»dan (12, 14-o‘rin), «Alaves» (16, 8-o‘rin) o‘z uyida «Deportivo»dan (15, 11-o‘rin) ustun keldi.
La Liga. 13-tur. 21-noyabr
Sevilya — Betis 1:1
Gollar: Salas (90+1) — Antoni (50).
Rayo Valekano — Valensiya 0:1
Gol: Kopete (41).
Alaves — Deportivo 3:1
Gollar: Peres (2), Boye (62), Suares (90) — Tenalya (41, avtogol).
Ishlatilmagan penalti: Boye (55).
La Liga. Sevilya derbisida «Betis» g‘alabani qo‘ldan chiqardi va boshqa natijalar
Futbol
21 noyabr, 14:58
13-turning bir qancha o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Foto: Sevilla
21.11.2026
FT
Ispaniya La Ligasi
Sevilya
1
:
1
Betis
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi