Live
8
O'zbek

Aleksandr Xomyakov: «Bir ochko ishlab oldik»

Eksklyuziv
21 noyabr, 11:46
Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Aleksandr Xomyakov: «Bir ochko ishlab oldik»
Фото: Бухоро ПФК
21.11.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Xorazm Xorazm 0 : 0 Buxoro Buxoro

Urganchda «Xorazm» va «Buxoro» klublari o‘rtasidagi bahsda hisob ochilgani yo‘q.

0:0 bilan yakunlangan uchrashuvdan keyin buxoroliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida shunday dedi:

— Ayta olmaymanki, bu tomoshabop o‘yin bo‘ldi. Mavsum yakuniga yaqinlashgani ham tushunarli, bunday paytda golli vaziyatlar ko‘p bo‘lmaydi, maydonda kurash ko‘proq bo‘ladi.
Bizda ham, albatta, vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi. Umuman olganda, deyarli hech narsa yarata olmadik. Raqibda ham gol urish uchun imkoniyatlar tez-tez yuzaga kelmadi.

Nazarimda, raqib birga-bir chiqdi, lekin umumiy olganda, jamoaning hozirgi holati tushunarli. Shunday qilib, durang qayd etildi. Buni kurashlarga boy durang deyish mumkin. Bir ochko ishlab oldik», - deya Aleksandr Andreyevichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xorazm Xorazm
  • Buxoro Buxoro
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar