Live
8
O'zbek

Vali Sultonov: «Afsuski, g‘alabani qo‘ldan chiqardik»

Eksklyuziv
21 noyabr, 11:58
Sultonov matbuot anjumanida qatnashdi.
Vali Sultonov: «Afsuski, g‘alabani qo‘ldan chiqardik»
Фото: Хоразм ПФК
21.11.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Xorazm Xorazm 0 : 0 Buxoro Buxoro

Urganchda «Xorazm» va «Buxoro» klublari o‘rtasidagi bellashuvda darvozalar daxlsiz qoldi – 0:0.

Mazkur uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vali Sultonov matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:

- Bugun harakat qildik, afsuski, g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Uchta asosiy o‘yinchimiz jarohati sababli ishtirok eta olishmadi. Bu ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Lekin futbolchilarimiz qo‘llaridan kelganicha harakat qilishdi, bor kuchini berishdi. Ko‘rdinglar, vaziyatlarimiz ham bo‘ldi.

Nima ham derdik, jangovar durang bo‘ldi. Oldinda yana ikkita o‘yinimiz bor. Xudo xohlasa, bo‘lajak o‘yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz», - deya Sultonovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xorazm Xorazm
  • Buxoro Buxoro
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar