Live
8
O'zbek

A Seriya. «Komo» «Kalyari»ni mag‘lub etdi, «Latsio» g‘alabali yurishini davom ettirdi

Futbol
21 noyabr, 10:50
    5
«Komo» o‘z maydonida ikki gol farqi bilan zafar quchdi.
A Seriya. «Komo» «Kalyari»ni mag‘lub etdi, «Latsio» g‘alabali yurishini davom ettirdi
Foto: Getty Images
21.11.2026 FT Italiya A seriyasi Komo Komo 2 : 0 Calyari Calyari

Italiya A Seriyasining 12-turida «Komo» o‘z maydonida «Kalyari»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlar har ikki bo‘limda bittadan gol urdi.

24-daqiqada Hakobo Ramon hisobni ochdi. 56-daqiqada Lukas Da Kunya «Komo»ning ikkinchi golini kiritib, yakuniy natijani o‘rnatdi.

Shu turda «Latsio» ham o‘z maydonida «Lechche»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Rimliklar safida Tijani Noslin dubl qayd etdi, Davide Frattezi ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

12 turdan so‘ng «Latsio» 32 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa hali biror marta mag‘lub bo‘lmagan: 10 g‘alaba va ikki durang. «Inter» va «Roma» mos ravishda to‘rt va besh ochko ortda qolmoqda, biroq bir o‘yin kam o‘tkazgan.

A Seriya. 12-tur
Komo — Kalyari 2:0

Gollar: Ramon 24, Da Kunya 56.

Komo: Butes, Kouto, Ramon, Kempf, Kayki, Milya (Pas, 57), Liberali (Perrone, 57), Richchi (Lahdo, 73), Da Kunya (Smolchich, 73), Baturina (Valle, 88), Duvikas.
Kalyari: Kaprile, Deyola (Massolin, 79), Ze Pedro, Kofler, Adopo (Rodriges, 50), Grandu (Trepi, 65), Fazzini, Romano, Obert, Mendi (Nzola, 46), Maldini (Fadera, 79).

Latsio — Lechche 3:0
Gollar: Noslin 25, 68, Frattezi 90.

Latsio: Mandas, Pedrasa (Kansellyeri, 78), Floriani, Duki, Leyte, Frattezi, Belaxyane (Dele-Bashiru, 83), Teylor, Isaksen (Pellegrini, 78), Noslin (Rovella, 83), Pinamonti (Gudmundsson, 88).
Lechche: Falkone, Veyga, Zibert, Gabriel, Gallo, Kaba (Ngom, 59), Male (Monteyro, 74), Kulibali (Fofana, 86), Jebbel (Esteban, 59), N’Dri (Shtulich, 86), Fatah.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
  • Calyari Calyari
  • Lasio Lasio
  • Lechche Lechche
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar