Live
3
O'zbek

Pavlovich Konseysauni Gitlerga o‘xshatdi

Futbol
20 noyabr, 03:54
    3
«Milan» himoyachisi jamoaning sobiq bosh murabbiyining ish uslublari haqida gapirdi.
Pavlovich Konseysauni Gitlerga o‘xshatdi
Foto: Getty Images

Serbiyalik himoyachi Strahinya Pavlovich 2024/25-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida «Milan»ni boshqargan portugaliyalik mutaxassis Serjiu Konseysauning ish uslublari haqida gapirdi.

«U aslida yaxshi inson, hatto menga yoqadi ham. Ammo uning uslubi nihoyatda qattiqqo‘l, deyarli “gitlercha” edi.

Safardagi o‘yinlar oldidan mehmonxonada yashardik, biroq to‘liq izolyatsiyada bo‘lardik: faqat futbolchilar, hech qanday begona odamlar bo‘lmasdi.

Mashg‘ulotlarda, ko‘chada qattiq sovuq bo‘ladimi yoki 35 darajali issiqmi, baribir tizza va tirsak uchun himoya vositalarini taqish majburiy edi.

O‘yinga uch kun qolganida jamoadoshlarimdan bir nechtasi konsertga borib, faqat kechki soat 11 larda qaytib kelishdi. Uning yordamchilari bor edi yoki xohlasangiz, “ayg‘oqchilari” deyish mumkin. Ular sodir bo‘lgan barcha voqealar haqida unga xabar berib turishardi. Konseysau shunday katta janjal ko‘tardiki, keyingi o‘yinda o‘sha futbolchilardan 5-6 nafari maydonga bir daqiqa ham tushmadi»,
— deya Pavlovichning so‘zlarini keltiradi Pianetamilan.

Eslatib o‘tamiz, serbiyalik futbolchi 2024-yildan buyon «Milan» safida o‘ynab kelmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar