«Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimhen faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, nigeriyalik 27 yoshli futbolchi «qizil iblislar»ning qiziqishidan mamnun va APLga yo'l olishga qarshi emas.
Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Viktorning «Galatasaroy» bilan shartnomasi 2029-yil iyunigacha amal qiladi. Shuningdek, kelishuvda futbolchini belgilangan tovon puli evaziga sotib olish bandi mavjud emas.
Xabar qilinishicha, Osimhenning Istanbul klubidagi yillik maoshi 15,5 million yevroni tashkil etadi. Hujumchi «Manchester Yunayted»da ham shunga teng maosh olishga rozi bo'lar edi.
Shuningdek, turk klubi o'z futbolchisining transfer qiymatini 95–120 million yevro atrofida baholamoqda.