Live
3
O'zbek

«Bu juda og‘ir qaror bo‘ldi. Biroq ko‘plab jihatlarda orqaga ketdik» — Berrada

Futbol
20 noyabr, 11:24
    18
Manchesterliklar rahbariyati Karrikning iste’fosi haqida gapirdi.
«Bu juda og‘ir qaror bo‘ldi. Biroq ko‘plab jihatlarda orqaga ketdik» — Berrada
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» ijrochi direktori Omar Berrada Maykl Karrik bilan hamkorlikni to‘xtatish qarori qanday qabul qilingani haqida gapirdi.

«Ochig‘ini aytsam, bu juda og‘ir qaror bo‘ldi. Ayniqsa, klubda Mayklni qanchalik qadrlashlarini hisobga olsak.

Yangi mavsum boshlanishi bilan vaziyat biz kutgandan ancha murakkab ekani ma’lum bo‘ldi. Natijalar qoniqarli darajada emasdi. Menimcha, ko‘plab jihatlarda orqaga ketdik.

Biz noyabr oyidagi terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffusgacha kutishni istadik. Shu vaqtga qadar jamoadagi vaziyatni batafsil o‘rganish va qaysi yo‘nalishlarni yaxshilash kerakligini aniqlashni rejalashtirgandik. Yakunda bosh murabbiyni almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildik», — dedi Berrada Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Karrikning o‘rniga 13-noyabr kuni Maurisio Pochettino tayinlandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

18 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar