«Bavariya» Germaniya chempionatining 10-turida o‘z maydonida «Kyoln»ni qabul qilmoqda. Bellashuvda hozircha durang qayd etilmoqda.
Biroq mezbonlar hujumchisi Harri Keyn 20-daqiqada jarohat olib, safdan chiqdi. Shifokorlarning tibbiy yordamiga qaramay, angliyalik 33 yoshli futbolchi zaxiraga olindi. Uning o‘rniga Bishof maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, Keyn «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritganidan beri sermahsul o‘yin namoyish eta olmayapti. Kompani jamoasi Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Bundesliga. 10-tur
Bavariya — Kyoln 1:1
Bavariya — Urbig, Laymer, Upamekano, Tah, Stanisich, Kimmix, Braun, Lennart, Olise, Keyn (Bishof, 20).
Kyoln — Shvebe, Shmid, Simpson, Lochoshvili, Sosa, Mur, Sebulonsen, Okon, Krauss, Maina, El Mala.