«Brighton» yarimhimoyachisi Pascal Gross klub bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi kelishuv 2028-yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan.
Gross «Brighton»ga Angliya chempionati tarixidagi eng yaxshi natijalarini qayd etishda yordam bergan. Shuningdek, aynan uning ishtirokida klub 2023-yilda ilk bor Yevropa Ligasiga, o‘tgan mavsumda esa Konferensiyalar Ligasiga yo‘llanma olgan.
Germaniyalik futbolchi 2017-yildan buyon «chaykalar» sharafini himoya qilib kelgan. U yanvar oyida «Borussiya D»da 18 oy o‘tkazganidan so‘ng yana jamoaga qaytdi.
Gross Angliya Premyer-ligasida jami 87 ta golli harakatni amalga oshirgan: 35 ta gol va 52 ta golli uzatma. Yaqinlashib kelayotgan yakshanba kuni «Hull City»ga qarshi bahsda klub safidagi 300-uchrashuvini o‘tkazishi mumkin.