«Nyukasl» bosh murabbiyi Mattias Yayssle «Arsenal»ga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«So‘nggi bir necha yil ichida Arteta «Arsenal» bilan alohida natijalarga erishdi. Endigina murabbiylik faoliyatini boshlayotgan yosh mutaxassis uchun u bilan uchrashish haqiqiy orzu. Biroq 90 daqiqa davomida biz raqib va raqobatchi bo‘lamiz. Bu chempionatda faqat navbatdagi uchrashuv haqida o‘ylash mumkin. Bunga ishonch hosil qilish uchun to‘rt hafta avvalgi turnir jadvaliga nazar tashlashning o‘zi kifoya. Bu mavsumda barcha jamoalar uchun oson bo‘lmayapti.
Hozirgacha qo‘lga kiritgan g‘alabalarimiz sonidan juda mamnunmiz. Ayniqsa, bizga to‘g‘ri kelgan taqvimni hisobga olsak, bu natijalarga erishish nihoyatda qiyin bo‘ldi», — dedi germaniyalik mutaxassis klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar o‘rtasidagi bellashuv 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. «Arsenal» 5 ochkolik farq bilan chempionat peshqadami bo‘lib turibdi. «Qarg‘alar» esa turnir jadvalining 12-pog‘onasidan joy olgan.