Live
3
O'zbek

Arteta futbolchilariga Fantasy Premier League o‘yinida ishtirok etishni taqiqladi

Futbol
20 noyabr, 10:54
Tsolis jamoaning muhim o‘yin oldi rejalarini oshkor qilib qo‘ydi.
Arteta futbolchilariga Fantasy Premier League o‘yinida ishtirok etishni taqiqladi
Фото: Getty Images

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa futbolchilariga Fantasy Premier League o‘yinida o‘zlarini yoki jamoadoshlarini tarkibga kiritishni taqiqladi (fc-arsenal.com).

Ispaniyalik murabbiyning bunday qaroriga «Liverpul»ga qarshi muhim uchrashuv oldidan taktik rejalar tasodifan oshkor bo‘lib qolishi sabab bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, «to‘pchilar» vingeri Kristos Tsolis navbatdagi tur oldidan Fantasy Premier League jamoasiga o‘zini kiritibgina qolmay, hatto jamoa sardori etib ham tayinlagan. Bu esa muxlislar va raqiblarga uning asosiy tarkibda maydonga tushishi haqida aniq ishora bergan.

Qayd etilishicha, ispaniyalik murabbiy o‘yinoldi tayyorgarligi va taktik rejalar sir saqlanishiga alohida e’tibor qaratadi. U raqiblarga jamoaning asosiy tarkibi yoki o‘yin sxemasi haqida hatto eng kichik ma’lumot ham oshkor bo‘lishini istamaydi.

Endilikda Fantasy Premier League bo‘yicha belgilangan ushbu taqiqni buzgan jamoa futbolchilari murabbiylar shtabi tomonidan jiddiy norozilikka duch kelishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar