Live
6
O'zbek

«PSJ», «Arsenal», «Barsa» va yana 5 ta jamoa — yilning eng yaxshi klubi bo‘lishga da’vogar

Futbol
18 noyabr, 14:32
Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra, erkaklar va ayollar o‘rtasida eng yaxshi jamoa bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi.
«PSJ», «Arsenal», «Barsa» va yana 5 ta jamoa — yilning eng yaxshi klubi bo‘lishga da’vogar
Foto: Getty Images

Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra, «Yilning eng yaxshi klubi» nominatsiyasiga da’vogarlar e’lon qilindi.

2026-yilda ushbu sovrin uchun quyidagi klublar kurash olib boradi: «Al Ahli Jidda», «Arsenal», «Aston Villa», «Barselona», «Bavariya», «Flamengo», «Inter» va «PSJ».

Ayollar jamoalari o‘rtasida esa «Arsenal», «Barselona», «Bavariya», «Kruzeiro», «Manchester Siti» va «Lion» nomzodlar qatoriga kiritildi.

O‘tgan yili Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra, erkaklar jamoalari orasida yilning eng yaxshi klubi deb «PSJ» topilgan edi. Ayollar jamoalari o‘rtasida esa ushbu mukofot «Barselona»ga nasib etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Arsenal Arsenal
  • Bavariya Bavariya
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar