«Inter Mayami» hujumchisi Luis Suares Lionel Messi bilan birgalikda Neymarning «Barselona»dan «PSJ»ga ketmasligiga ko‘ndirishga urinishgani haqida gapirdi.
Braziliyalik futbolchi 2017-yil yozida rekord darajadagi 222 million yevro evaziga Parij klubiga o‘tgandi.
«2017-yil yozida Neymarning «Barselona»da qolishiga ko‘ndira olmadik, garchi Messi ikkimiz uning «PSJ»ga ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilgan bo‘lsak-da. Hatto Messi unga jamoada qolsa, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishini aytgandi», — dedi Suares Catalunya Ràdio’ning Tot costa dasturiga bergan intervyusida.
Avvalroq urugvaylik forvard Messi va Neymar bilan birgalikdagi hujum triosi haqida gapirgandi.
Suares: «Messi Neymarga «Barsa»da qolsa, «Oltin to‘p»ni yutishini aytgandi»
Futbol
18 noyabr, 14:10
3
«Barselona» sobiq hujumchisi braziliyalik futbolchining «PSJ»ga ketmasligi uchun ko‘p bor urinishganini aytdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi