«Real» rahbariyati himoyachi Trent Aleksander-Arnoldni transferga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Angliyaning bir nechta klubi Trent xizmatiga qiziqish bildirmoqda va uning Madriddagi vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Yaqinlashib kelayotgan transfer oynalarida himoyachining kelajagi borasida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Aleksander-Arnold o‘tgan yilning yozida «Liverpul»dan «Real»ga o‘tgan edi. Trentning madridliklar bilan shartnomasi 2031-yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Futbolchining transfer qiymati 60 million yevroni tashkil etmoqda.
Avvalroq futbolchining «Liverpul»ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.